Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati eʼlon qilindi
Ular bilan BMBA saytida tanishish mumkin.

Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha maʼlumotlar joylashtirildi.
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Shuningdek, Abituriyent ruxsatnomasida berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.







