O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Bu haqida vazirlik maʼlumot eʼlon qildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy taʼlim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
O‘tish ballari bilan vazirlikning rasmiy sahifalarida tanishish mumkin.







