O‘zbekistondan qadimiy tangalarni olib chiqib ketishmoqchi bo‘ldi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekistondan madaniy boyliklarga taalluqli tangalarni olib chiqib ketishga uringan fuqarolar aniqlandi. Bu haqida “Toshkent-AERO” IBK axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 13-iyul kuni soat 03:30 larda Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosining qo‘l yuklari tekshiruvdan o‘tkazilgan. Unda bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan olib o‘tilishi cheklangan, madaniy boyliklarga taalluqli bo‘lgan jami 5 dona nominali har xil bo‘lgan temir tangalar borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, shu kuni soat 04:00 larda Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan, O‘zbekiston fuqarosining qo‘l yuklari tekshiruvdan o‘tkazilgan. Unda bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan olib o‘tilishi cheklangan, madaniy boyliklarga taalluqli bo‘lgan jami 18 dona (3 dona sariq, 3 dona qora va 12 dona oq metalldan yasalgan) nominali har xil bo‘lgan temir tangalar borligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







