O'zbekiston

Suzish —stressga qarshi kuchli “dori”

Shuningdek, u ortiqcha vazn tashlashda ham foydali.

Suzish —stressga qarshi kuchli “dori”

Suzish — bu deyarli hamma uchun mos bo‘lgan universal sport turlaridan biri. Keksalar, yoshlar, muntazam jismoniy faol bo‘lgan va endigina shug‘ullanishni boshlayotganlar, shuningdek, sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan insonlar uchun u birdek foydalidir.

 

Asosiysi, suzish mushaklar kuchi va tonusini oshiradi. Masalan, yugurishdan farqli o‘laroq, suzayotganda mushaklarimiz ko‘proq qarshilikni yengadi, chunki suv havodan ancha zichroqdir. Bu mashg‘ulotda barcha mushaklarimiz ishga tushadi va juda ko‘p jismoniy harakatni bajaradi. Suzish paytida bo‘g‘inlardagi yuk kamayadi. Yugurish yoki trenajer zalida mashq qilganda tizza bo‘g‘imlari va to‘piqlarga katta yuk tushayotganini his qilasiz, suzganda esa suvdagi vaznsizlik taʼsiri tufayli bunday yuk bo‘lmaydi.

 

Bolalar suzishni yoshligidan boshlagani afzal. Ularni bir yoshga to‘lgunga qadar suzishga o‘rgatsa ham bo‘ladi. Chunki chaqaloqlar suvga juda yaxshi moslashadi va tezda suzishni boshlaydilar. Maʼlum bo‘lishicha, suzish bilan shug‘ullanadigan bolalar kuchliroq, shamollashga moyilligi past, harakatlar koordinatsiyasi yaxshiroq va mushaklari kuchli bo‘ladi, ular tezroq rivojlanadi.

 

Suzish osteoxondrozni oldini oladi va boshqa umurtqa pog‘ona kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, bu mashg‘ulot nafas olish tizimini mustahkamlaydi va yurak-qon tomir tizimiga foydali taʼsir ko‘rsatadi.

 

Suv tananing butun yuzasiga bosim o‘tkazishi hisobiga yurakka keladigan qon oqimi oshadi, bu esa yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga profilaktik taʼsir ko‘rsatadi, qondagi xolesterinni va qon bosimini pasaytiradi.

 

Bundan tashqari, ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar uchun ham suzish juda foydali. Axir, bunday mashg‘ulotlar paytida ko‘p miqdorda kaloriya yoqiladi. Maʼlum bo‘lishicha, yarim soatlik suzish trenajer zalidagi bir soatlik mashg‘ulotga teng.

 

Suzish stressga qarshi kuchli “dori”dir. Gap shundaki, inson organizmi 80 foiz suvdan iborat, shuning uchun suv muhiti biz uchun qulay va suzishdan katta zavq olamiz.

 

Biroq, suzish mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud, ular: og‘ir yurak patologiyasi, nevrologik kasalliklar, teri infeksiyalari va o‘tkir xastaliklar.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"