O'zbekiston

OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

 

Talabalar o‘qishini quyidagi oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

 

  • xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan);

 

  • O‘zbekistondagi nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan;

 

  • xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.

 

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)" bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

 

Bunda, talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

 

O‘zbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalararo o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz orqali qabul qilinadi.

custom img

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak — Saida Mirziyoyeva

Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududida ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar va dam olish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

custom img

Darsdagi zo‘ravonlik: 1-sinf o‘quvchisi kaltaklangan

Bunga o‘quvchining kitobni o‘qib bera olmagani sabab bo‘lgani aniqlangan.

custom img

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

U fuqaroga auksion orqali yer olib berish evaziga olgan 5 mln so‘mni qaytarayotgan vaqtda qo'lga olingan.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

custom img

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"