Jizzaxda 745 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan tergov boshlangan.

Jizzax viloyatida 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari masʼul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







