Buxoroda oltin bo‘lagini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Buxoro viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







