Sadir Japarov rafiqasi bilan Toshkentga keldi
Oliy martabali mehmonni Prezident kutib oldi.

Bugun, 18 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.
Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni davlat rahbari va rafiqasi kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunida qator yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.







