O'zbekiston

Trotuarlarda skuterlar tezligini 10 km/s dan oshirish taqiqlandi

Shuningdek, elektrosamokatlarni 14 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar boshqarishi man etildi.

Trotuarlarda skuterlar tezligini 10 km/s dan oshirish taqiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Unga ko‘ra, individual harakatlanish vositalarini (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar) boshqarayotgan shaxslar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi, trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalarida soatiga 10 kilometrdan oshmaydigan tezlikda, ular bo‘lmaganda esa yo‘l chetida soatiga 20 kilometrdan yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanishi kerak bo‘ladi.

 

Elektrosamokatlarni velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yo‘lkasi mavjud bo‘lganda yo‘lning qatnov qismida, yo‘l yoqalarida yoki qatnov qismining chetida harakatlantirish taqiqlandi. Shuningdek, ularda odam tashish, uzunligi yoki kengligi 0,5 metrdan ortiq tashqariga chiqadigan yoki boshqaruvga xalaqit beradigan yuklarni tashish taqiqlandi.

 

Elektrosamokatlarni 14 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar boshqarishi man etildi. Turar joy dahalari, istirohat va hayvonot bog‘lari, bolalar maydonchalari, ko‘ngilochar joylarda hamda yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno.

 

Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslar turar joy dahalaridan chiqish vaqtida boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi, qatʼiy ravishda harakat yo‘nalishi bo‘yicha boshqarishi kerak.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Trotuarlarda skuterlar tezligini 10 km/s dan oshirish taqiqlandi | Zamon.uz