Yevropa Ittifoqi elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
O‘zbekiston TIV Baxtiyor Saidov Sharlott Adrianni qabul qildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrianni qabul qildi.
"Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian xonim bilan uchrashdik", — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Vazir elchining yillar davomida O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
Baxtiyor Saidov unga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolgan.







