O'zbekiston

Bekobodda 1 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lar talon-toroj qilindi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bekobodda 1 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lar talon-toroj qilindi

Qayd etilishicha, Bekobod tumanidagi sut va sut mahsulotlari yetishtirish hamda naslli chorva mollarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi «BF» MCHJga Avstriya davlatidan 65 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari olib kelish maqsadida 2020 yilda bank tomonidan 7 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan yillik 19 foiz ustama to‘lash, shundan 3 foizini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab berish sharti bilan 1 mlrd 680 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 280-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, xorijdan keltirilgan chorva mollari uchun 116 mln so‘mlik subsidiya mablag‘i ham ajratilgan.

 

Ammo MCHJ tomonidan bankka taqdim qilingan biznes rejada ko‘rsatilgan sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni ko‘paytirish, ularni 2 avlod olgungacha saqlash bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilmasdan, aksincha, 44 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari naqd pulga sotib yuborilgan. Buning natijasida 1 mlrd 82 mln so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan.

 

Ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan bank tomonidan kerakli darajada monitoring ishlari olib borilmagan.

 

Hozirda holat yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslariga va bank mansabdorlariga nibatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"