Salomatlik

Dunyoda 35 million nafar bola qizamiqdan himoyalanmagan

Kasallikka qarshi emlash qamrovi keskin pasayib ketdi.

Dunyoda 35 million nafar bola qizamiqdan himoyalanmagan

Uch yil davom etgan koronavirus pandemiyasi ko‘plab sohalarda uzilish va to‘xtalishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, dunyo bo‘ylab bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash qamrovi ham keskin pasayishi kuzatildi.

 

Mana, hozir epidemiologik vaziyat barqaror. Kasallik ortga chekingan. Ammo o‘tgan yili vaksina olmagan bolalar soni pandemiyadan avvalgi davr — 2019 yilga qiyoslaganda 2,7 million nafarga ko‘paygani afsuslanarli hol.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISEF tomonidan eʼlon qilingan yangi qo‘shma hisobot ayni shu muammo tahliliga bag‘ishlandi.

 

Unda qayd etilishicha, 2022 yilda 13,9 million nafar o‘g‘il-qiz difteriya, qoqshol va ko‘kyo‘talga qarshi bir martalik vaksinalarni qabul qilmagan bo‘lsa, 2023 yilda ular soni 14,5 million nafarga yetgan.

 

Bundan tashqari, qariyb 35 million bola qizamiqqa qarshi umuman emlanmagan yoki vaksinalarning tegishli dozasini olmagan.

 

Dunyo bo‘yicha 83 foiz o‘g‘il-qiz xuddi shu kasallikka qarshi bir dozada, 74 foizi esa 2 bosqichda emlangan. Biroq JSST tomonidan bu borada qamrovni 95 foizga yetkazish maqsad qilingan. Shu maʼnoda, erishilgan ko‘rsatkichlar qoniqarli emas.

 

Shu bois tashkilot tegishli hukumatlarni bu muammoni bartaraf etish uchun faol chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqirdi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.