Isroilning O‘zbekistondagi elchisi faoliyatini yakunladi
U 2020 yildan beri ushbu lavozimda ishlayotgandi.

O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zeavit Ben-Hillel bilan diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan uchrashdi.
“Biz uning davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi, faol hamkorligi va qiziqarli tashabbuslarini yuksak qadrlaymiz”, — deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.
Saida Mirziyoyeva, shuningdek, Zeavit Ben-Hillelga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Zeavit Ben-Hillel 2020 yilda Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ish boshlagan edi.







