O'zbekiston

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Xivaga bordi

Qirg‘izistonlik mehmonlar qadimiy Xivani tomosha qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Xivaga bordi

Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qalʼa majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi.

 

Xiva shahri 1990 yilda YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997 yilda uning 2500 yilligi nishonlangan. Shahar 2020 yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, 2024 yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti bo‘ldi.

 

“Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar hisoblanadi. Bu yerda 120 dan ortiq meʼmoriy obidalar joylashgan.

 

Oliy martabali mehmonlar tanishuvni "Ota darvoza"dan boshlab, noyob "Ko‘hna ark" majmuasi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, "Toshhovli" majmuasi va boshqa obidalar bilan tanishdi.

 

Mehmonlar sharafiga o‘zbek xalq qo‘shiqlari yangrab, teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi.

 

Shundan so‘ng Nurillaboy saroyiga tashrif buyurildi.

 

Saroy-bog‘ majmuasi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda xivalik mohir ustalar bilan birga chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etganlar, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar.

 

Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va sanʼati haqidagi hikoyalar qirg‘izistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 

custom img

Ohangaron tumanida avtobus va Lacetti to‘qnashdi

Lacetti haydovchisi va 2 nafar avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

custom img

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Cheklovlar 6-sentyabr soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

custom img

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Viloyatda 9,5 mlrd dollarlik integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 39 milliondan oshdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda yagona bojxona to‘lovi stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushiriladi

2027 yildan bojxona sohasidagi yangi strategiyaga ko‘ra, to‘lovlar pasaytiriladi va tadbirkorlar uchun bir qator talablar bekor qilinadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

custom img

Zafarabod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi

“MAZ” rusumli yuk mashinasi chapga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan hokim boshqaruvidagi “KIA Seltos” bilan to‘qnashgan.

custom img

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

Ular uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"