O'zbekiston

“Yangi-Angren IES” 6 oylik rejani ortig‘i bilan bajardi

Hozirda stansiyada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

“Yangi-Angren IES” 6 oylik rejani ortig‘i bilan bajardi

Yangi-Angren IES mamlakatimiz energetika tizimidagi ko‘mirga ixtisoslashgan eng yirik elektr stansiya hisoblanadi. Mazkur yirik energoinshoot Angren shahri, Ohangaron tumani va aholi zich joylashgan  Farg‘ona vodiysi aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi asosiy elektr stansiya sanaladi.

 

Shu kunlarda korxonada isteʼmolchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash barobarida 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Elektr stansiyasida kechayotgan jarayonlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.

 

Elektr stansiya o‘tgan asrning 1985 yillarida ishga tushirilgan. Korxonada har birining quvvati 300 MVtga teng bo‘lgan 7 ta energoblok mavjud bo‘lib, umumiy o‘rnatilgan quvvat 2100 MVtni tashkil etadi. Issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvati esa 186 ming Gkalga teng. Elektr stansiya Nurobod shaharchasi hamda stansiyaga yondosh hududda joylashgan issiqxonalar isteʼmolchilariga issiqlik energiyasi yetkazib beradi. Korxonada 1600 nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilib kelmoqda.

 

Stansiya yilning to‘rt faslida, ayniqsa, qish mavsumida kuzatiladigan anomal sovuq ob-havo sharoitida tabiiy gaz bosimi nisbatan tushib ketgan vaqtlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlashga xizmat qilyapti.

 

Isteʼmolchilarni uzluksiz elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning 6 oyi davomida rejaga ko‘ra 2,44 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi, 112 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi belgilangan edi.  Amalda esa 2,55 mlrd kVt.soat elektr energiyasi hamda 118,1 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi. Reja ko‘rsatgichi 104,4/105,5 foizga (104,4 elektr energiyasi, 105,5 issiqlik energiyasi)  bajarilishiga erishildi. Maʼlumot uchun, Yangi-Angren IESda yiliga o‘rtacha 5 mlrd. kVt.soat elektr, 200 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.

 

Ayni damda stansiyada 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kampaniyasi doirasida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Energobloklar va qurilmalarda mukammal, o‘rta va joriy taʼmir ishlari olib borilyapti.

 

Bugunga qadar taʼmir rejasiga ko‘ra, 1-sonli energoblokda mukammal taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, energoblok kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirildi. Ayni kunlarda stansiyaning 4-sonli energoblokida o‘rta taʼmir ishlari olib borilmoqda. Press-tur ishtirokchilari amalga oshirilayotgan mazkur taʼmir jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.  

 

Press-tur ishtirokchilari stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining yagona energotizimga uzatilishida muhim hisoblangan 500/220 kv kuchlanishga ega ochiq taqsimlash qurilmalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

 

Qatnashchilar shuningdek, energoqurilmalarni boshqarish pulti hamda stansiyaning 5-sonli energobloki misolida korxonada elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.   

 

5-sonli energoblok turbina qurilmasining umumiy og‘irligi 690 tonna bo‘lib, 300 MVt quvvatga ega. Qozonxonada suv qaynatilib o‘tkir bug‘ hosil qilinadi. So‘ngra u og‘irligi naqd 400 tonna keladigan energoblok rotorini daqiqasiga 3000 ming marotaba aylantirishi hisobiga generatorda elektr energiyasi hosil bo‘ladi. 

 

OAV vakillari press-tur davomida korxona faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston shaxmatchilarini Jahon shaxmat olimpiadasidagi g‘alaba bilan tabrikladi

Davlat rahbari shaxmatchilarning Hindiston, Xitoy va AQSh terma jamoalariga qarshi g‘alabalarini alohida qayd etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvonini ta’sis etishni taklif qildi.

custom img

5 yoshli qizaloqning oilasi boshqa shaharga ko‘chiriladi — Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari oilaga zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatilayotganini bildirdi.

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"