O'zbekiston

105 marta qoida buzgan Gentra xatlab qo‘yildi

Haydovchini bundan tashqari 9 mln qarzi bo‘lgan.

105 marta qoida buzgan Gentra xatlab qo‘yildi

Maʼlum bo‘lishicha, qarzdor M.E.dan “Kapital 24 chakana biznes filiali” foydasiga 9 mln 964 ming so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan ijro hujjati mavjud.

 

Bundan tashqari, qarzdorning MIB ish yurituvida 105 ta to‘lanmagan maʼmuriy jarimalari bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli garovdagi avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Kecha, 19 iyul kuni qarzdorning yashash xonadoniga MIB xodimlari borganda qarzdor va uning yaqin qarindoshlari tomonidan ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatish, uyda bo‘la turib darvozani ochmaslik holatlari kuzatilgan.

 

Salkam 5 soat davom etgan ijro harakatlari natijasida tegishli tashkilotlar ishtirokida avtotransport vositasi uyda ekanligi aniqlanib, xatlangan.

 

“MIB tomonidan qarzdorga jarimalarni 10 kun muddat ichida to‘lashi, aks holda xatlangan mulk elektron auksion savdosiga chiqarilishi to‘g‘risida ogohlantirildi va holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.