Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi
Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

Doniyor Faxriddinovich Soliyev Ta’lim va ilm-fan vazirligi Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda vazirning tegishli buyrug‘i qabul qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Soliyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalariga kontent tayyorlash markazida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.








