Imom Buxoriyga bag‘ishlangan konferensiya boshlandi
U Samarqand va Toshkentda ikki kun davom etadi.

20-22 iyul kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan “Imom Buxoriyning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada buxoriyshunos olimlar, hadisshunoslik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, din arboblari va jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar nafaqat yurtimiz, balki butun islom olamining yuksak eʼtirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi deb eʼtirof etilayotgan ushbu davrda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot markazlari, jumladan, O‘zISM nufuzli turdosh xorijiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda, ular bilan hamkorlikda yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Islom tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan movarounnahrlik alloma mutafakkirlarning boy ilmiy merosi xalqaro darajada ommalashtrilmoqda.
“Imom Buxoriyning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi ilmiy konferensiya mazkur faoliyat doirasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Konferensiya Samarqand va Toshkentda ikki kun davom etadi.
Jumladan, 2024 yil 20 iyul kuni Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Hadis ilmi maktabi o‘qituvchilari va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi vakillari ishtirokida Imom Buxoriy majmuasida “Sahihul Buxoriy” asarining xatmi yakunlandi. Samarqand viloyati nuroniylari va faollarining Imom Buxoriy majmuasi va Imom
2024 yil, 22 iyulda Toshkent shahridagi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati binosining konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi VM huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi olimlari ishtirokida konferensiyaning yakunlovchi ikkinchi kuni bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya yakunida uning natijalari, xulosalari va tavsiyalarini o‘zida mujassam etgan tahliliy hujjat qabul qilinadi.







