Sirdaryodagi metan zapravkalarda 30 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Sirdaryo tumanida joylashgan “M.G.” MCHJga qarashli AGTKSHda jamiyat mansabdor shaxslari “Avtopilot-Pro” rusumli gazni hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir ko‘rsatib, 20,5 mlrd so‘mlik 8,2 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.
Shuningdek, Sirdaryo tumanidagi “S.A.L.” MCHJga qarashli AGTKSHda o‘rnatilgan hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir ko‘rsatishi oqibatida 7,9 mlrd so‘mlik 3 mln kub metr tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.







