Chorvoqda dam olishga borgan ikki kishi vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Voqea 20 iyul kuni soat 14:30 larda Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” suv omborining “Burchmulla” suv havzasida yuz bergan. Bu yerga dam olish maqsadida kelgan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro skuterni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.
Buning oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olgan. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida fuqarolar olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.







