Toshkentda Imom Buxoriyga bag‘ishlangan konferensiya davom etmoqda
Anjumanda Buxoriyning kitoblari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Bugun, 22 iyul kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati binosining konferensiyalar zalida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi olimlari ishtirokida konferensiyaning yakunlovchi ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Anjuman doirasida Imom Buxoriyning o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari hamda buyuk muhaddisning ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Konferensiya yakunida uning natijalari, xulosalari va tavsiyalarini o‘zida mujassam etgan tahliliy hujjat qabul qilinadi.







