Toshkent aeroportida fuqaro to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘ldi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv boshlangan.

Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Bu haqida “Toshkent-AERO” IBK axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 22 iyul kuni soat 15:50 larda Vnukovo — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosiga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada bojxona nazoratiga tegishli tartibda taqdim etilmagan, muqobil manbalarga ko‘ra taxminiy qiymati 700 ming so‘m bo‘lgan jami 1 dona “KR-18” rusumli pnevmatik to‘pponcha va “ANGRY BB‘s” nomli og‘irligi 1 kg bo‘lgan sharsimon shakldagi plastik o‘qlar borligi aniqlangan.







