O'zbekiston

Toshkentda ayollar kiyimini kiyib yurgan erkak qamaldi

Shuningdek, unga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Toshkentda ayollar kiyimini kiyib yurgan erkak qamaldi

Avvalroq Toshkent shahrining Bektemir tumanida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangani xabar qilingandi.

 

Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka maʼmuriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. 

 

Huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida Bektemir tumani “Qo‘yliq dehqon bozori” atrofida burqa libosida, yuzini niqob bilan yopgan holda yurganida IIO xodimlari uni to‘xtatib, yuzini ochishni so‘raganida, dastlab ularga qarshilik ko‘rsatganini, keyin chetroqqa o‘tib, yuzini ochganligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan. 

 

Fuqaroning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi ish hujjatlaridagi dalolatnoma, maʼlumotnoma, tushuntirish xatlari, fotosuratlar hamda maʼmuriy ishda to‘plangan boshqa hujjatlar bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-4-moddasi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga nisbatan 3,4 mln so‘m jarima hamda 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda ayollar kiyimini kiyib yurgan erkak qamaldi | Zamon.uz