Salomatlik

Yaxshi uxlamaslik qandli diabetni keltirib chiqaradi

Mutaxassis nosog‘lom uyqu oqibatlaridan ogohlartirdi.

Yaxshi uxlamaslik qandli diabetni keltirib chiqaradi

Uzoq umr ko‘rish garovi sog‘lom turmush tarziga amal qilish ekani bugun barchaga ayon. Uning eng muhim jihatlaridan biri esa sog‘lom uyqudir.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, har kuni tunda bir xil vaqtda uxlaydiganlar boshqalarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rar ekan.

 

— Inson salomatligida uyquning ahamiyati yuqori, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Feruza Tohirova, — chunki kun davomida yo‘qotilgan energiya zaxiralari aynan uning yordamida qayta tiklanadi. Qolaversa, o‘qish va ishlash kabi hayotiy faoliyat uchun ham tiniqib orom olish zarur.

 

Kechki payt uyqudan avval uzoq vaqt televizor ko‘rish, kompyuterda ishlash, planshet yoki telefondan foydalanish, yaʼni ko‘z oldida sunʼiy yorug‘likning bo‘lishi uyqu sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Oqibatda bosh miyada melatonin gormoni ishlab chiqarish kamayadi. Melatoninning qisqarishi esa tunda kortizol gormoni miqdorini oshiradi.

 

Bu holat qonda qand va yog‘larning ortishi, semizlik, qandli diabetning 2-turi, qon bosimi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari, depressiya, immunitetning pasayishi, tez-tez shamollash, miya faolligining susayishi hamda jigarni yog‘ bosishi kabi muammolarga olib kelishi mumkin.

 

Shuningdek, kayfiyat buzilishi, xotiraning susayishi va teridagi ayrim kasalliklar ham ko‘pincha tiniqib uxlamaslik oqibatida kelib chiqadi. Eng yomoni, inson ertasi kuni yetarlicha orom olsa ham buning organizmga foydasi bo‘lmaydi.

 

Sog‘lom uyqu uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

 

— Kechki uyqudan 1 soat avval televizor ko‘rmang;

— Kompyuter va gadjetlardan foydalanmang;

— Uyquga juda kech yotmang;

— Bir vaqtda yotib, bir vaqtda turishga odatlaning;

— Eng yaxshi uyqu vaqti kechki soat 23:00 dan tongi 06:00 gacha.

 

Sog‘lom uyqu vaqti yoshga qarab turlicha. Yaʼni bolalarda bu soat ko‘proqni tashkil qilsa, katta insonlarda biroz kamroq.

 

Misol uchun, bir sutkada chaqaloqlar — 18-19 soat, bolalar — 11-12 soat, katta yoshlilar — o‘rtacha 7-8 soat uxlashi meʼyor hisoblanadi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"