Jazirama sabab poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi
Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Taʼkidlanishicha, tezligiga cheklov o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalidan kechikib kelishi, shuningdek, sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ o‘z mijozlaridan anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.







