Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Oliy taʼlim vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual taʼlim shakllari bo‘yicha jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
Shundan 45 ta kollej uchun — 15 ming 977 ta? 218 ta texnikum uchun — 90 ming 279 ta o‘rin ajratilgan.







