O'zbekiston

SSV jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar eʼlon qildi

O‘zbekistonda bugundan anomal issiq boshlanmoqda.

SSV jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar eʼlon qildi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 25-29 iyul kunlari O‘zbekistonda juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, yurtimizning aksariyat hududlarida harorat kunduzi 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinyapti. Xo‘sh, bunday ob-havo sharoitida aholi o‘z salomatligini asrash uchun qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

 

Jazirama kunlarda, eng avvalo, bolalar, qariyalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar o‘z sog‘ligiga yana-da eʼtiborli bo‘lishlari zarur.

 

Soat 10:00 dan 17:00 ga qadar soya-salqin joylarda bo‘lish tavsiya etiladi.

 

Tashqariga chiqish lozim bo‘lsa, tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo‘lgan liboslar va yengil bosh kiyim kiyish hamda quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish maqsadga muvofiq.

 

Issiq ob-havoda kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. Biroq past haroratdagi salqin ichimliklarni ichishdan tiyilish kerak.

 

Gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva isteʼmol qilmaslik lozim. Yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha ko‘proq meva-sabzavotlar isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

 

Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlaydi.

 

Quyosh urishi — eng xavfli holat bo‘lib, jabrlanuvchida ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, qusish, burundan qon ketishi, quloqlarda shovqin, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, yurak urishi va nafas olish kuchayadi. Hatto ayrim paytlarda tutqanoq tutish, alahsirash, gallyutsinatsiya kuzatilishi va bemor hushini yo‘qotishi mumkin.

 

Bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga ko‘chirib o‘tkazish lozim. So‘ng gorizontal holda yotqizib, oyoqlarini sal ko‘tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xo‘llangan matoni yurak sohasiga qo‘yish kerak. Shuningdek, unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Maʼlumot o‘rnida aytish lozimki, yurtimizda jazirama havo kuzatilayotgani bois Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati yo‘lga qo‘yildi.

 

Yurtimizdagi barcha birlamchi tibbiyot muassasalarida patronaj xizmatlari kuchaytirilib, surunkali kasalliklarga chalingan yotoq sharoitidagi bemorlarga o‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Shuningdek, mamlakatimiz bo‘ylab 2 852 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda.

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limlarida hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

SSV jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar eʼlon qildi | Zamon.uz