Iordaniyada parlament quyi palatasi tarqatib yuborildi
Sentyabrda navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Iordaniya podshohi Abdulla II farmoni bilan payshanba kuni mamlakat Vakillar palatasi (parlamentning quyi palatasi) tarqatib yuborildi.
Avvalroq Abdulla II 10 sentyabrda mamlakatda parlamentga saylovlar o‘tkazishni buyurgan edi.
Iordaniya parlamenti — ikki palatali: Vakillar palatasiga saylovlar har to‘rt yilda o‘tkaziladi. Senat (yuqori palata) aʼzolarini podshohning o‘zi tayinlaydi.







