O'zbekiston

Toshkent viloyatida psixotrop dori sotuvchi ota-bola ushlandi

Ular uyida 900 mln so‘mlik dorilarni saqlab kelgan.

Toshkent viloyatida psixotrop dori sotuvchi ota-bola ushlandi

 

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.S. nazoratdagi xaridorga 70 dona “amino-metil” hamda 3 dona “tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 mln 300 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

 

Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

 

Surishtiruvlar davomida mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981 yilda tug‘ilgan shaxs yetkazishi kerak bo‘lgan. Ammo ota bu ish uchun 18 yoshli o‘z farzandini yuborgan.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, ota-bolaning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada 9,8 ming dona “Zardeks”, 250 dona “Aminometil” hamda 15 dona “tropikamid” (qora bozordagi narxi 857 mln so‘mlik) kuchli taʼsir qiluvchi, psixofaol dori vositalari sotish maqsadida xonadonda saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyatida psixotrop dori sotuvchi ota-bola ushlandi | Zamon.uz