Yuqori Chirchiqda BMW avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, hodisa 20-iyul kuni 14:00 larda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi U.B. BMW rusumli transport vositasida Bektemir-G‘azalkent yo‘nalishida boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan Tracker rusumli transport vositasini urilgan.
YTH oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.
Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







