Ramzan Qodirov YouTubeʼni butunlay blok qilishga chaqirdi
U shu tariqa mahalliy veb-saytlarni rivojlantirmoqchi.

Checheniston rahbari Rossiyada YouTubeni yopishga, Amerikaning barcha saytlariga taqiq qo‘yib, Xitoydagi kabi hamma xorij platformalarini cheklashga chaqirdi.
Uning fikricha, agar Rossiya shunday qadam tashlashga qaror qilsa, mahalliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar faolroq rivojlanishga erishadi.







