O'zbekiston

Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi

“Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Unga muvofiq, Ekologiya vazirligiga quyidagi vakolatlar berildi:

 

➖ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlash;

 

➖ovchilik xo‘jaligini yuritishda texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formatini tasdiqlash;

 

➖yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risida shartnoma tuzish.

 

2024 yil 1 oktyabrdan ovchilarga ovchilik yo‘llanmasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar asosida elektron dastur orqali beriladi.

 

2024 yil 1 oktyabrdan ovchilik guvohnomasini berishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi, jumladan:

 

➖ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish joriy etiladi;

 

➖ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga to‘lgan, o‘quv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxslarga YAIDXP orqali 2 yil muddatga beriladi.

 

2024 yil 1 sentyabrdan yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil muddat mobaynida mol-mulk va yer solig‘ini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Tezkor tadbirda qariyb 6 kilogramm giyohvandlik vositasi va ularni tayyorlash jihozlari olib qo‘yildi.

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

“Bolalik kutib turmaydi”: Saida Mirziyoyeva Qarshidagi maktab va bog'cha sharoiti bilan tanishdi

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha avariya holatida, maktabda esa sinfxonalar sovuq, partalar eskirgan.

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Farroshlarning oyligi berilmayaptimi? Metropoliten izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida ishlovchi farroshlarning oylik maoshlari kechiktirilayotgani yoki umuman berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Buxoroda aholining 80 foizi avtomobilda qatnaydi: qo‘shimcha 120 ta avtobus olib kelinadi

Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish, aeroport va vokzallar atrofidagi xizmatlar sifatini oshirish hamda yangi turar joy massivlarini qurish topshirildi.

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

“Bundan buyon ‘kambag‘al oila qolmadi’ degan hisobot o‘tmaydi” — Prezident

Xorijda kam maoshga ishlayotgan buxoroliklar kasbga o‘qitilib, yuqori daromadli ishga joylashtiriladi.

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Buxoroda 300 million dollarlik aeroport qurilmoqda: u 20 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

Kelasi yili Buxorodan Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahraynga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.