Xorazmlik ayol eriga jahl qilib, bolasini kaltakladi
U qizchasini yotgan joyida urgan.

Ijtimoiy tarmoqda Xorazm viloyatining Shovot tumanida ayol eriga jahl qilib, o‘z farzandini urgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 26 iyul kuni 2001 yilda tug‘ilgan ayol sharʼiy turmush o‘rtog‘i bilan tortishib, unga jahl qilib, 2022 yilda tug‘ilgan qizini uxlab yotgan joyida haqoratlab, urgan va tasvirga olib, otasiga jo‘natgan.
Hozirda holat yuzasidan Shovot tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







