Salomatlik

Issiq kunlarda dorilarini qanday saqlash kerak?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Issiq kunlarda dorilarini qanday saqlash kerak?

Har bir dori vositasining qo‘llash yo‘riqnomasida ularni to‘g‘ri saqlash qoidalari va shartlari yozilgan bo‘ladi. Masalan, baʼzi preparatlar muzlatkichda, ayrimlari xona haroratida, yana bir turkumi quruq yoki qorong‘u joyda saqlanishi kerak.

 

Biroq yozning jazirama kunlarida bu talablarga alohida rioya qilish zarur. Chunki issiq havo ularning xususiyatlarini o‘zgartiradi va quyosh nurida qolib ketgan dorilar sog‘lik uchun zararli vositaga aylanishi mumkin.

 

 

— Avvalo, antibakterial preparatlar, surtma va gellar, gormonal dorilar, vitaminlar, plastir hamda tibbiy shamchalarni issiqdan himoya qilish lozim, — deydi mutaxassis. — Misol uchun, kremlar, surtma, shamchalar yuqori haroratda erigach, dorivor moddalarning ichki tarkibida qayta taqsimlanish jarayoni sodir bo‘ladi va hatto keyingi qayta sovitish ham ularni saqlay olmaydi.

 

 

Bundan tashqari, avtomashinalardagi birinchi yordam to‘plamlarini esdan chiqarmaslik kerak: ularni issiqda ham, sovuqda ham mashinada qoldirib bo‘lmaydi.

 

Hamma dori vositasini muzlatkichda saqlash noto‘g‘ri!

 

Xona harorati deganda, odatda 15°-25° daraja, shuningdek iqlim sharoitiga ko‘ra 30°S gacha bo‘lgan harorat nazarda tutiladi. Bunday paytda dori vositalarini tibbiyot qutichasida jamlab, shkafda saqlashingiz maqsadga muvofiq.

 

8°dan 15° gradusgacha bo‘lgan salqin muhitda ayrim dori vositalarini muzlatkichda saqlashga ruxsat beriladi.

 

Bunda 8°S dan past haroratda fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishi mumkin bo‘lgan dori vositalari (damlamalar, suyuq ekstraktlar va boshqalar)ni muzlatkichda saqlash mumkin emas.

 

Farmatsevtika mahsulotlarini sovuq joyda saqlash deganda 2°C dan 8°S gacha bo‘lgan mikroiqlim muhiti tushuniladi.

 

Bunda dori-darmonlarni muzlatkichning devoriga yaqin joylashtirib, ularning muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Odatda, shamchalar (svecha), turli ko‘z tomchilari, linimentlar, inyeksiya eritmalari, ferment tabletkalari shu tarzda saqlanadi.

 

muzlatkichning bir tokchasida dori vositalari va oziq-ovqatlar yonma-yon turishi qatʼiyan man etiladi.

 

Preparatlarni saqlashda yorug‘lik va namlikdan himoya qilish kabi talablarga ham eʼtibor berish zarur. Agar ko‘rsatmada "qorong‘u joyda saqlang" deb yozilgan bo‘lsa, unda siz dori qadog‘ini yorug‘likdan to‘liq himoya qilishingiz kerak.

 

Quruq joyda havo namligi 50 foizdan oshmasligi lozim.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"