Eng dolzarb

Namanganda ikki kishi bank kassirini 3-qavatdan tashlab yubordi

Ular avtomashinada voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketib, yashiringan.

Namanganda ikki kishi bank kassirini 3-qavatdan tashlab yubordi

 

Namangan viloyatida ikki nafar xaridor bank xodimini qasddan 3-qavatdan itarib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Namangan shahridagi “Obihayot” MFY Ibrat ko‘chasida ijara asosida istiqomat qiluvchi 22 yoshli X.M. va uning tanishi N.L. 21 yoshli bank kassiri M. A. bilan o‘zaro tortishgan. Ular bank kassirini qasddan o‘ldirish maqsadida uni qo‘p qavatli xonadonning yotoqxona oynasi romiga majburlab chiqarib, 3-qavatdan pastga itarib yuborgan.

 

Shundan so‘ng ular yashirinish maqsadida avtomashinada voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketib, yashiringan.

 

Jabrlanuvchiga voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonadonning hovlisida bo‘lgan fuqarolar tomonidan yordam ko‘rsatilib, u shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borilgan. Shifokorlarning dastlabki ma’lumotnomasida, fuqaro M.A. jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-(Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyatni sodir etgan shaxslar Jinoiy-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"