O'zbekiston

Checheniston rahbari Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi

Qodirov otlarni “Axmat” Osiyo jang ligasi prezidenti Nodir Qodirovga topshirgan.

Checheniston rahbari Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovg‘a qildi

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan ikkita zotdor ot sovg‘a qildi.

 

"Bugun Grozniyda “Axmat” Osiyo jang ligasi prezidenti Nodir Qodirovga ikkita zotdor otni topshirdim. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘tgan tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘a. Uning jonivorlarga bo‘lgan muhabbatini bilganim uchun bu sovg‘a unga ma’qul kelishiga ishonaman. Otlar juda yaxshi va yosh bo‘lishiga qaramay, turli musobaqalarda o‘zlarini juda muvaffaqiyatli namoyon etgan", - deydi Qodirov.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Checheniston va O‘zbekiston o‘rtasida “yaqin qardoshlik munosabatlari” shakllangan.

 

"Shubhasiz, bunda shaxsan Shavkat Miromonovichning xizmati katta. Biz ham Checheniston, ham O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladigan tajriba va bilimlarimizni faol almashib kelmoqdamiz. O‘zbekiston xalqiga farovonlik, Shavkat Mirziyoyevga esa uzoq umr va mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilayman", - deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.