0

Qashqadaryoda erkak 1 yoshli qizni urib o‘ldirib qo'ydi

U aybini yashirish uchun bola kolyaskadan yiqilib tushganini aytgan.

Qashqadaryoda erkak 1 yoshli qizni urib o‘ldirib qo'ydi

 

Qashqadaryoda ayol eri bilan birgalikda dugonasining 1 yoshli bolasini urib o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

 

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 21-iyul kuni soat 12:00 larda 2023-yilda tug‘ilgan qizaloq kasalxonaga o‘lik holda olib kelingan. Aniqlanishicha, marhumaning onasi, 1988-yilda tug‘ilgan A.N. 2024-yil aprel oyida Rossiyaga ishlashga ketish uchun qiziga enaga yollagan.

 

Rossiyaga ketganidan keyin shu yil may oyida dugonasi, 1983-yilda tug‘ilgan ayol qo‘ng‘iroq qilib, yollagan enaga uning farzandiga yaxshi qaramaganligi sababli bolasiga o‘zi qarab turishini aytgan. Shundan so‘ng dugonasi marhumani o‘zining uyiga olib kelgan. 20-iyul soat 11:30 larda birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 2001-yilda tug‘ilgan erkak qaramog‘ida bo‘lgan marhuma tanasini turli qismlariga urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 20 iyul kuni qizaloq tushlik vaqtida kiyimiga xojatini chiqargani sababli erkak (2001-yilda tug‘ilgan) qo‘lining mushti bilan uning ko‘krak qafasi va qorniga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan. O‘zining jinoiy qilmishini yashirish maqsadida go‘yoki kolyaskadan yiqilib tushgani haqidagi vaj bilan shifoxonaga olib borgan.

 

Mazkur holat yuzasidan 22-iyul kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"