Andijonda er xotini va qaynonasini o‘ldirib qo‘ydi
Erkak ularga bolta bilan jarohat yetkazgani aytilmoqda.

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida erkak xotini va qaynonasini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuratura holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1-avgust kuni soat 08:30 larda Paxtaobod tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan A.N. turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bilan o‘zaro janjallashib, ikkisiga ham temir jism bilan tan jarohati yetkazgan.
Olingan tan jarohatlari oqibatida qaynona voqea joyida, turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.







