Jahon

AQSH TikTok‘ni sudga berdi

Kompaniya bolalar shaxsiy daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunlarni buzishda ayblangan.

AQSH TikTok‘ni sudga berdi

AQSH Adliya vazirligi TikTok‘ga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasini sudga berdi.

 

Qayd etilishicha, AQSH Adliya vazirligi va Federal Savdo Komissiyasi kompaniyani bolalar shaxsiy daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunlarni buzishda ayblagan. Shuningdek, TikTok videohosting xizmati faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi, xalqaro hamjamiyat tartib-qoidalariga amal qilish zarurligi taʼkidlangan.

 

TikTok bilan bog‘liq ishni hozirda Kaliforniya Markaziy okrugi sudi ko‘rib chiqayotgani aytilgan. Sud daʼvogarlar murojaatini to‘la o‘rganib chiqib, so‘ngra jarayonlarni boshlashi bildirilgan.

 

“Daʼvo arizasiga ko‘ra, 2019 yildan hozirgi kungacha TikTok bolalarga oddiy akkauntlarni yaratish hamda platformada kattalar va boshqalar ishtirokida qisqa formatdagi video va xabarlar joylash, ko‘rish va tarqatishga ataylab ruxsat bergan”, deyiladi Kaliforniya sudi xabarida.

 

Daʼvogarlar TikTok rahbariyatidan platformaga ota-ona nazorati tizimini qo‘shish hamda kattalar nazoratisiz ochilgan Voyaga yetmaganlar akkauntlarini o‘chirishni talab qilgan. Shuningdek, shaxsiy maʼlumot yig‘ish tizimini soddalashtirish taklif qilingan.

 

custom img

Tojikiston transplantatsiya markazi O‘zbekistondagi organ savdosi bilan aloqadorligini rad etdi

Avvalroq, o‘zbekistonlik er-xotin ijtimoiy tarmoqlar orqali donorlarni jalb qilishi va ularni transplantatsiya uchun Tojikistonga yuborishi haqida xabar berilgan edi.

custom img

Isroil urushga tayyorgarlikni boshladi — Ynet

AQSh-Eron ziddiyati ham keskinlashmoqda.

custom img

Umrbodga qamalgan Janubiy Koreya sobiq prezidenti xalqdan uzr so‘radi

U fuqarolar boshdan kechirgan qiyinchiliklar uchun afsusda ekanini bildirdi.

custom img

AQSHning Kiyevga yordami keskin kamaydi

U milliardlab dollardan yuz millionlab dollargacha qichqargan.

custom img

Afg‘onistonda erkak shifokorlar ayol bemorlarga “mahram” deb eʼlon qilindi

Biroq diniy ekspertlar bu qarorni islomiy prinsiplarga mos emas deb tanqid qilmoqda.

custom img

Rossiya OAVlarida O‘zbekiston Prezidentining rasmiy samolyoti “AQSH harbiy samolyoti” deb ataldi

Vashingtondan parvoz qilgan va Rossiya hududi orqali uchgan layner Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkentga qaytayotgan rasmiy borti bo‘lgan.

custom img

2025-yilda Rossiyadan 72 ming nafar migrant deportatsiya qilingan

Ichki ishlar vaziri qoidabuzar migrantlarni yanada ko‘proq aniqlash uchun qo‘shimcha mablag‘ zarurligini bildirdi.

custom img

AQSHning 13 shtati Trampni sudga berdi

Bunga qayta tiklanadigan energiya loyihalari uchun ajratilgan 1,2 milliard dollarlik moliyalashtirish bekor qilingani sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"