Toshkentda avtobus balloni shikastlangan holda harakatlandi
“Toshshahartransxizmat” AJ yo‘lovchilardan uzr so‘radi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda yo‘lovchi avtobusi balloni shikastlangan holatda harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. Holatga “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, shu kunning o‘zida ushbu avtobus yo‘nalishdan saroyga qaytarilib, masʼul xodimlar tomonidan avtobusning g‘ildiragi yangilangan hamda bugungi kunda talab darajasida texnik soz holatda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Avtobusni nosoz holatda yo‘nalishga chiqargan 2-avtobus saroyi navbatchi mexanigi X.B.ga nisbatan intizomiy jazo chorasi sifatida oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.







