Xorazmda o‘qishga kiritishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Nukus davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va Ch.R. fuqaro X.B.ni tanishlari yordamida Nukus davlat pedagogika institutining maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 750 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







