Salomatlik

Chekishni tashlaganda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Chekishni tashlaganda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Tahlillarga ko‘ra, tamaki chekish oqibatida dunyoda har yili o‘rtacha 8 million kishi hayotdan ko‘z yumadi. Chekish inson umrini taxminan 10 yilga qisqartirishi ham olimlar tomonidan isbotlangan fakt. Bu dahshatli statistika har bir chekuvchi insonni bu zararli odatdan voz kechishga undashi kerak.

 

Xo‘sh, sigaretdan voz kechgandan keyin organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

 

— Chekishni tashlagandan so‘ng dastlabki o‘zgarishlar bir necha daqiqa ichida boshlanadi. Xususan, 20 daqiqadan keyin puls va arterial bosim normallashib, qon aylanishi yaxshilanadi. 8 soatdan so‘ng qondagi uglerod monoksid miqdori kamayadi, kislorod esa normal ko‘rsatkichga qaytadi. Bu, o‘z navbatida, to‘qimalarda gipoksiya paydo bo‘lishining oldini oladi, — deydi mutaxassis.

 

Chekish qon tomirlarining torayishi va arterial bosimning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Sigaretdan voz kechgandan 24 soat o‘tib, miokard infarkti xavfi pasaya boshlaydi, yurak va qon tomirlari meʼyorda ishlashi tiklanadi.

 

Sigaret tarkibidagi nikotin va boshqa kimyoviy moddalar asab tizimiga zarar yetkazishi tufayli insonda taʼm va hid sezish qobiliyati yomonlashadi. Chekishni tashlagan odamda 48 soatdan keyin bu hislar yaxshilanadi.

 

Nikotin va boshqa toksinlar bronxlarda spazmlar keltirib chiqarib, nafas olish tizimi faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. 72 soat ichida bronx mushaklari bo‘shashib, nafas yo‘llari shilliq va boshqa ifloslanishlardan tozalanadi.

 

2-12 hafta ichida tamakidan voz kechgan insonda qon aylanishi va o‘pka faoliyati yaxshilanadi. Bu esa organlar va to‘qimalarning kislorod va ozuqa moddalari bilan to‘yinishiga xizmat qiladi. 3-9 oy o‘tib, yo‘tal va nafas qisishi kamayadi.

 

1 yildan keyin yurak ishemik kasalligiga chalinish xavfi ikki barobarga kamayadi. Chekish insultning asosiy sabablaridan biri ekanligi sir emas. Sababi u qon tomirlarning torayishiga olib kelib, tromb hosil bo‘lish ehtimolini oshiradi. Bu zararli odatdan voz kechgan odamda 5 yildan so‘ng insult xavfi chekmaydiganlar darajasiga tushadi.

 

Tamaki tutunidagi toksinlar hujayralarda mutatsiyalarni keltirib chiqarishi sababli ular saraton rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ammo chekishni tashlash kanserogenlar taʼsirini kamaytiradi va hujayralarning tiklanishiga yordam beradi — 10 yildan so‘ng o‘pka saratoni xavfi chekuvchilarga qaraganda ikki barobarga kamayadi. Buning natijasida og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, oshqozon raki ehtimoli ham pasayadi.

 

15 yil o‘tib, yurak ishemik kasalligi va miokard infarkti xavfi chekmaydiganlar darajasiga qaytadi. Yurak va qon tomirlari chekish oqibatida yetkazilgan zarardan to‘liq tiklanadi. Arterial gipertenziya, ateroskleroz va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamayadi.

 

To‘g‘ri, chekishni tashlash ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan oson kechmaydi. Nikotinga qaramlikdan qutilish uchun vaqt, sabr va iroda kerak. Ammo astoydil harakat qilib, har bir inson, hatto ko‘p yillar davomida chekib kelganlar ham buni uddalashi mumkin — hammasi o‘z qo‘lingizda!

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"