O'zbekiston

Endi tumanlarda ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi

Buning uchun byudjetdan tegishli mablag‘ ajratiladi.

Endi tumanlarda ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 avgust kuni ichki yo‘llarni saqlash va taʼmirlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Mamlakatimizda jami 184 ming 582 kilometr avtomobil yo‘li bor. Shundan qariyb 142 ming kilometri ichki xo‘jalik yo‘llaridir.

 

So‘nggi to‘rt yilda ichki yo‘llarni qurish va taʼmirlashga 15 trillion so‘m ajratilgan. Mahallalarda, chekka qishloqlarda ham ko‘chalar ravon bo‘lib, aholi farovonligiga xizmat qilmoqda. Lekin ularni saqlashga masʼul tizim yo‘q.

 

Chunki Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi davlat va xalqaro ahamiyatdagi yo‘l va ko‘priklar bilan shug‘ullanadi. Ichki yo‘l va ko‘priklar esa mahalliy hokimliklar balansida. Hozirgi kunda 43 ming kilometr ichki yo‘llar taʼmirtalab holatda, 2 ming 354 ta ko‘prikning “egasi” aniq emas.

 

Shu bois tuman darajasida bu masalalarga masʼul tizim yaratish rejalashtirilmoqda. Taklifga ko‘ra, 208 ta tuman va shahar Obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan taʼminlanadi. Buning uchun byudjetdan tegishli mablag‘ ajratish ko‘zda tutilayapti.

 

Tahlillarga ko‘ra, yo‘llarni saqlashga yo‘naltirilgan mablag‘ taʼmirlash xarajatini bir necha barobar qisqartiradi. Agar o‘z vaqtida pul ajratilib, ichki yo‘llar to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, ularni taʼmirlash muddatlari ham kamida 2 barobar uzayadi.

 

Shu bois mutasaddilarga ichki yo‘llarni saqlash va taʼmirlashni moliyalashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Aholi talabidan kelib chiqib, ichki yo‘llarni taʼmirlash va yangilarini qurish ishlarini davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Endi tumanlarda ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi | Zamon.uz