O'zbekiston

JSST xavfli bakteriya va viruslar ro‘yxatini yangiladi

Ro‘yxatdan 30 ta ustuvor patogen joy oldi.

JSST xavfli bakteriya va viruslar ro‘yxatini yangiladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti navbatdagi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan virus va bakteriyalar ro‘yxatini yangiladi.

 

Buning uchun 50 dan ortiq mamlakatning 200 nafardan ziyod olimlari ishtirokida 1652 patogenni qamrab oluvchi 28 virus va bitta asosiy bakteriya guruhiga doir maʼlumotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqot natijalariga tayanildi.

 

Shu tariqa yangilangan ro‘yxatdan 30 ta ustuvor patogen joy oldi. Ular safiga A guruhiga mansub gripp viruslari, denge isitmasi va maymun chechagi (mpox) kiritildi.

 

2017 va 2018 yillarda global pandemiyaga sabab bo‘luvchi patogenlar ro‘yxatidan atigi o‘nga yaqin virus va bakteriyalar o‘rin olganini hisobga olsak, “X kasalligi”ni yuzaga chiqarishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavf omillari yil sayin ortayotgani maʼlum bo‘ladi. Xo‘sh, bu ro‘yxat nima uchun kerak?

 

Ekspertlar fikricha, ushbu manbadan infeksiyalarga qarshi yana-da samarali vaksina hamda preparatlar yaratish, sog‘liqni saqlash sohasiga doir zarur chora-tadbirlar hamda strategiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi.

 

Yaʼni ustuvor patogenlar ro‘yxati insoniyat salomatligini asrash yo‘lida profilaktik choralar vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy JSST rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda istalgan vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Ushbu prognoz uchun baʼzi mintaqalarda parranda grippi epidemiyasining kutilmaganda avj olishi sabab bo‘lgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

JSST xavfli bakteriya va viruslar ro‘yxatini yangiladi | Zamon.uz