Salomatlik

Sochga erta oq tushishining sababi nimada?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Sochga erta oq tushishining sababi nimada?

Soch oqarishi — keksalik davrida yuz beradigan tabiiy jarayon. Biroq turli omillar tufayli ayrimlarda bu holat ancha oldin ham boshlanishi mumkin. Buning sababi nimada?

 

— Sochga melanin pigmentini ishlab chiqaradigan melanotsit hujayralari rang beradi. Yosh o‘tgan sayin ularning faolligi pasayishi tufayli melanin hosil bo‘lishi kamayadi va oqibatda soch oqara boshlaydi, — deydi mutaxassis. — Sochga erta oq tushishining eng asosiy omili irsiy moyillik hisoblanadi. Melanotsitlarning soni va faolligi, avvalo, genlarga bog‘liq. Agar insonning yaqin qarindoshlarida soch barvaqt oqargan bo‘lsa, katta ehtimol bilan unda ham bu jarayon yoshlikdan boshlanadi.

 

Sochga erta oq oralashiga surunkali stress ham sabab bo‘ladi. Zo‘riqish, tez-tez asabiylashish hujayralar, shu jumladan melanotsitlar tezroq qarishiga olib keladi. Natijada soch o‘zining tabiiy rangini yo‘qotib, oqaradi.

 

Bundan tashqari, V12, D3 vitaminlari, shuningdek mis, temir va rux soch hamda teri salomatligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois ularning yetishmasligi melanin ishlab chiqarilishining pasayishiga olib kelishi mumkin.

 

 

Sochda oq tolalarning erta paydo bo‘lishi doim ham irsiy moyillik va stressga bog‘liq bo‘lavermaydi. Bunga gormonal o‘zgarishlar, shuningdek vitiligo, areata alopetsiyasi kabi autoimmun hamda gipertireoz, gipotireoz va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklar ham taʼsir qilishi mumkin.

 

Havo ifloslanishi va kuchli ultrabinafsha nurlari, nosog‘lom turmush tarzi, chekish, alkogol ichimliklarni isteʼmol qilish ham soch va teriga zarar yetkazib, qarish jarayonini tezlashtiradi hamda sochlarning erta oqarish xavfini oshiradi.

 

Soch erta oqarishining oldini olish uchun nimalarga amal qilish kerak?

 

  • Stress va zo‘riqishdan saqlaning.
  • To‘g‘ri va vaqtida ovqatlaning. V12, D vitaminlari, biotin va ruxga boy mahsulotlarni ko‘proq isteʼmol qiling.
  • Kuniga kamida 7-8 soat uxlang.
  • Zararli odatlardan voz keching.
  • Yetarli miqdorda suv iching.
  • Sochni to‘g‘ri parvarish qiling. Fen, dazmol va boshqa vositalardan kamroq foydalaning.

 

Sport bilan shug‘ullaning. Jismoniy faollik qon aylanishini yaxshilab, sochga ko‘proq ozuqa moddalari yetib borishini taʼminlaydi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"