O'zbekiston

Surxondaryoda yo‘l talashgan mashina jarlikka tushib ketdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Surxondaryoda yo‘l talashgan mashina jarlikka tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yo‘l talashgan mashinalardan biri jarlikka tushib ketgani aks etgan video tarqalmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, holat 1 avgust kuni 15:00 larda Sariosiyo tumani Xonjiza mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi UAZ rusumli avtomobilda harakatlanayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda borayotgan UAZ rusumli transport vositasini quvib o‘tayotgan vaqtda avtomobilning o‘ng tomoni to‘qnashgan. Natijada haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, transport vositasi yo‘ldan chiqib ag‘darilgan.

 

Hodisa oqibatida ag‘darilgan UAZ avtomashinasining salonida bo‘lgan 6 nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda yo‘l talashgan mashina jarlikka tushib ketdi | Zamon.uz