“Uzbekistan Airways” samolyoti do‘lda shikastlandi
Holat parvoz paytida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqda “Uzbekistan Airways” AJ samolyotining burni shikastlangani aks etgan suratlar tarqaldi.
Aviakompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa 3 avgust kuni Krasnoyarskdan Toshkentga uchayotgan Airbus A320 samolyoti bilan sodir bo‘lgan.
“Bulutli hududda samolyotga do‘l kelib urilgan, bu esa samolyotning burnini shikastlagan. Samolyot safarini davom ettirdi va Toshkent aeroportiga eson-omon qo‘ndi. Jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi rasmiy munosabatda.
Ayni vaqtda do‘ldan yetkazilgan zarar bartaraf etilgan, samolyotga rejali texnik xizmat ko‘rsatish amaliyoti o‘tkazilmoqda.







