Jizzaxda ikki kishi uch-to‘rt nafar erkak tomonidan kaltaklandi
Viloyat IIB tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Toshkent – Termiz M-39 yo‘lining Jizzax viloyatidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan. Sharof Rashidov tumanining “Fayzobod” mahallasi hududida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Sevaz” mahallasida yashovchi F.Z. hamda M.S.ga 4 nafar fuqaro tomonidan tan jarohatlari yetkazilgan.
Surishtiruv jarayonida ushbu shaxslar “Fayzobod” mahallasida istiqomat qiluvchi F.Yu., B.Yu., A.Yu., O‘.Yu. ekani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
P.S.: Rasmiy munosabatda ushbu fuqarolar nima sababdan janjallashganiga izoh berilmagan.







