O'zbekiston

"O‘zbekiston obidalaridagi durdona bitiklar" kitob albomining 20 jildi Saudiya milliy kutubxonasiga tuhfa etildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Qirol Fadh nomidagi milliy kutubxonada bo‘ldi.

"O‘zbekiston obidalaridagi durdona bitiklar" kitob albomining 20 jildi Saudiya milliy kutubxonasiga tuhfa etildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va qator muassasalar masʼullaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida joylashgan Qirol Fadh nomidagi milliy kutubxonaga tashrif buyurdi.

 

O‘zbekiston delegatsiyasini xalqaro bo‘lim boshlig‘i Abdulaziz Alzeyer va qo‘lyozmalar departamenti rahbari Talal Alshamirs kutib oldi. Turli davrlarni o‘z ichiga olgan noyob qo‘lyozmalar, kitobat sanʼati namunalari, arxiv hujjatlari va kutubxona fondiga taalluqli artifaktlar delegatsiya aʼzolariga namoyish etildi. Bu yerda Markaziy Osiyo va O‘zbekiston madaniy tarixiga oid noyob kitoblar saqlanayotgani maʼlum qilindi. Birinchi toshbosma kitob – melodiy 1592-yilda Italiyada nashr etilgan Ibn Sinoning "Qonuni tib"  kitobi, XI asrga taalluqli, hijriy 540-yilda ko‘chirilgan Imom Buxoriyning Sahihul Buxoriy asari delegatsiya aʼzolariga namoyish etildi. Mazkur kitobdan olingan ko‘chirma kelgusida Imom Buxoriy innovatsion muzeyi ekspozitsiyasini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

"Bizda ko‘plab manbalar, nodir kitoblar bor. Ammo  ularning eng moʻtabarlari Movarounnahr allomalarining asarlaridir. Biz ayni vaqtda mavjud fondni kataloglashtiryapmiz. Ilmiy tadqiq etishda esa, Buxoriy avlodlari sifatida ko‘magingiz lozim bo‘ladi. O‘z navbatida biz ham, har qanday hamkorlikka tayyormiz. Bu olib borilayotgan ishlar davlatingiz rahbari tashabbusi va xayrixohligi asosida bo‘layotgani esabizni yana-da mamnun etdi", — dedi qo‘lyozmalar departamenti rahbari Talal Alshamirs.

 

Uchrashuv so‘ngida milliy kutubxona masʼullari bilan hamkorlikning kelgusi bosqichlari muhokama qilindi. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan "O‘zbekiston obidalaridagi durdona bitiklar" kitob albomining 20 ta jildi kutubxonaga O‘zbekiston nomidan tuhfa etildi.

 

"Yurtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yirik megaloyiha amalga oshirilyapti. Ochig‘i, bu madaniy-gumanitar sohadagi birinchi keng ko‘lamdagi loyiha. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bugun Siz eʼtirof etayotgan hamkorlikni yangi pog‘onalarga olib chiqishiga ishonaman", — dedi markaz direktori Firdavs Abduxoliqov.

 

Masʼullar avgust oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Kongressga taklif qilindi. O‘z navbatida mezbonlar O‘zbekistonda diniy-maʼrifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholashdi va tuhfa etilgan kitoblar uchun minnatdorlik bildirishdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

"O‘zbekiston obidalaridagi durdona bitiklar" kitob albomining 20 jildi Saudiya milliy kutubxonasiga tuhfa etildi | Zamon.uz