Qarshi tuman hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tumani hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari chorvachilik yo‘nalishida foydalanish maqsadida fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







